2024-05-30 15:18:25
Davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyotning xususiy sektoriga keng imkoniyatlar yaratib berilishi tibbiyot rivojining asosiy omillaridan biri desak mubolag’a bo’lmaydi.Shunday imkoniyatlardan biri sifatida xususiy tibbiyot markazlarida kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashga ruxsat berilishi yurtimizda malakali tibbiyot xodimlari ortishiga sabab bo’lmoqda.
“ Dr BOBOEV HEALTH CENTER “ jarrohlik markazi qoshidagi nodavlat kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazida shifokorlar Respublikamizning turli hududlaridan qolaversa qo'shini Respublikalardan kelib taxsil olmoqda.
Xususan 2024-yilning 29-may kuni Endourologiya ixtisoslik kursi tinglovchilariga tibbiyot fanlari doktori,professor Dadaboyev Abduvahob Qodirovich tomonidan < Endourolog > mutaxasislik sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i Boboyev Alisher Shukrullayevich ("ZOOM" platformasi orqali) qatnashib bitiruvchilarning keyingi faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladilar. Ma’lumot o’rnida aytish joizki Respublikamizda Endourologiya sohasi rivojlanishida Doktor Boboyev Alisher Shukrullayevich o’z maktabini yarata olgan desak yanglishmagan bo’lamiz .